FIFAni boshqargan rahbar jahon chempionatini boykot qilishni qo‘llab-quvvatladi

  • 18.02.2026 07:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

1998-2015 yillarda futbol olamining eng yirik tashkiloti FIFA prezidenti bo‘lib faoliyat yuritgan Zepp Blatter 2026 yildagi jahon chempionati AQShda o‘tkazilayotgani uchun musobaqa boykot qilinishini ochiq qo‘llab-quvvatladi.

89 yoshli Blatterning bayonoti X ijtimoiy tarmog‘i orqali e’lon qilindi va unda sobiq rahbar taniqli shveytsariyalik advokati Mark Pietning pozitsiyaga qo‘shilishini ma’lum qildi.

Korruptsiyaga qarshi kurashishda faol hisoblangan Mark Piet futbol ishqibozlariga jahon chempionati o‘yinlarini tomosha qilish uchun AQShga bormaslikni tavsiya qilgan. Advokat fanatlarning xavfsizligi va rasmiylar bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar haqida ogohlantirgan.

AQSh 2026 yildagi jahon chempionatiga Kanada va Meksika bilan birgalikda mezbonlik qiladi.

Xalqaro futbol jamoatchiligi AQSh prezidenti Donald Trampning tashqi siyosati, xususan, immigratsiya va vizalarni nazorat qilishdagi keskin choralaridan xavotirda. Xususan, Tramp ma’muriyati dekabr oyida Senegal va Kot-d’Ivuar kabi Afrika mamlakatlaridan kelayotgan muxlislarni vizasiz kirishdan to‘sib qo‘ygan, shuningdek, Eron va Gaiti fuqarolari ham AQShga kira olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!