Fil Nevill "Arsenal"ning mavsumlar oralig‘ida amalga oshirgan eng yaxshi transferi qaysiligini aytdi

  • 13 avgust, 2019, 11:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" va "Everton" klublari sobiq futbolchisi Fil Nevill "Arsenal" klubining mavsumlar oralig‘idagi amalga oshirgan transferlari haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Ularning eng zo‘r xaridi bu David Luis bo‘ldi deb hisoblayman. “Arsenal”ga hamisha etakchilik qobiliyati va himoyadagi xarakter etishmagan. Luiz esa ularga buni bera oladi deb o‘ylayman. Ha, u ham xato qiladi. APLdagi aksariyat markaziy himoyachilar xato qilishadi. Lekin, Luiz haqiqiy etakchi hisoblanadi”, - deydi Nevill.

Eslatib o‘tamiz, “kanonirlar” joriy yozgi transferlar davrida jami 152,4 million evro sarflashdi. Ular bu pullarga Nikolya Pepe (80 mln evro), Vilyam Saliba (30 mln), Kiran Tirni (27 mln), David Luiz (8,7 mln) va Gabriel Martinellilarni (6,7 mln) sotib olishdi. Shuningdek, "Real"dan yarim himoyachi Dani Sebalosni ham ijaraga olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!