Finalda ishlagan hakam tanqidlarga javob berdi

  • 25.12.2022 23:45
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionati finalida Argentina Frantsiyani mag‘lub qilib, mundial g‘olibiga aylandi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng hakamlar tomon bir qator tanqidiy fikrlar paydo bo‘ldi. Finalda VAR tizimida ishlagan Tomas Kviatkovski norziliklarga javob qaytardi.

Siz o‘rindiqda o‘tirib, piva ichib, krep eyayotganingizda hamma narsa oson tuyiladi. Menimcha, penaltilarning barchasi to‘g‘ri belgilandi. Markus Tyuram esa o‘sha vaziyatda simulyatsiya ishlatdi”, - dedi Tomas.

Final uchrashuvini Martsinyak boshqarib bordi. U o‘yin davomida futbolchilarga 8 ta sariq kartochka ko‘rsatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!