"Fiorentina" 37 yoshli posbon bilan shartnoma imzoladi
Italiyalik darvozabon Antonio Rozati faoliyatini “Fiorentina”da davom ettiradigan bo‘ldi.
Mavsumni “Torino”da o‘tkazayotgan 37 yoshli Rozati A Seriyada birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi. Shu sababli u 2014-15 yilgi mavsumda to‘p surgan sobiq jamoasi – “Fiorentina”ga o‘tishga qaror qildi.
“Fiorentina” 20 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 22 ochko to‘plagan holda 12-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar