Firmino APLga qaytishi mumkin

  • 30 dekabr, 2023, 02:03
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Qishki transferlar oynasida "Al-Ahli"ni kutilayotgan Roberto Firmino APLga qaytishi mumkin. Unga "Sheffild" qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "TalkSport" nashri. 

Riyodliklar hujumchini ijaraga berishga tayyor. Kurashda Saudiyaning bir qator klublari bor. Shuningdek, braziliyalikka Turkiyadan ham takliflar borligini haqda mish-mishlar tarqalmoqda. 

Firmino yozda "Al-Ahli"ga erkin agent sifatida o‘tgandi. U jamoasi tarkibida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golda ishtirok etgan. 

Ma’lumot uchun, "Sheffild" ayni paytda APL turnir jadvalida 20-o‘rinda turibdi. Klub 19 ta o‘yinda 2 marotaba g‘alaba qozona oldi. Shu bilan birga, 14 marta mag‘lubiyatga uchradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!