Firuzja Magnusdan revansh olish uchun Osloga yo‘l oladi

  • 11.02.2026 12:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat

Alireza Firouzja "Speed Chess Championship" finalida gʻalabaga yaqin kelgan boʻlsa-da, Magnus Karlsenni magʻlub eta olmadi. Endi revanш imkoniyati 2026 yildgi Norway Chess turnirida paydo boʻladi — fransiyalik grossmeyster rasmn taklif etildi.

"Alireza "Norway Chess"ga qaytmoqda. 2800 reyting chegarasini   zabt etgan eng yosh shaxmatchi 2026 yil ishtirokchilari safiga qoʻshildi", - deya eslab oʻtdi tashkilotchilar.

U 14 yoshida grossmeyster boʻlgan, 16 yoshida esa 2700 reytingni zabt etgan eng yosh ikkinchi shaxmatchiga aylangan. U ikki marta FIDE Nomzodlar Turniriga yoʻllanma olgan: 2021 yilda "Grand Swiss"ni yutib va 2024-yil yanvar oyida reyting orqali. "Norway Chess"da esa toʻrt marta ishtirok etgan va 2020 hamda 2021 yillarda ikkinchi oʻrinni egallagan.

Hozircha tasdiqlangan tarkib:

Karlsen, Pragg, Vinsent, Gukesh, Alireza — va yana bitta boʻsh joy qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!