Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Flik Adeyemining debut oʻyinidan qoniqmadi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Flik Adeyemining debutidan to‘liq qoniqmadi, ammo uning «Barselona»dagi salohiyati juda katta ekanini ta’kidladi.

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaga yangi qo‘shilgan Karim Adeyemining debut o‘yinidan to‘liq qoniqmadi. Shu bilan birga, mutaxassis nemis futbolchisining imkoniyatlari oldida hali katta istiqbollar borligini ta’kidladi.

Kataloniya klubi «Birmingem»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida asosiy vaqtni 2:2 hisobida yakunladi, penaltilar seriyasida esa 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu o‘yinda yaqinda «Barselona» safiga kelib qo‘shilgan Adeyemi ilk bor jamoa tarkibida maydonga tushdi.

«Ayrim vaziyatlarda Karim o‘zini eng yaxshi tomondan ko‘rsata olmadi. U hali o‘zining haqiqiy salohiyatini ochib bergani yo‘q, deb o‘ylayman. Jamoa bilan mashg‘ulotlar o‘tkaza boshlaganiga ham atigi bir hafta bo‘ldi, shu bois bunday holat tabiiy», – deya Flikning so‘zlarini keltiradi Goal nashri.

«Mashg‘ulotlarda men boshqacha Karimni ko‘rgaman – yanada tezkor, hujumlarni yakunlashda ancha xavfli. Uning salohiyati juda katta, u bizga juda ko‘p narsa bera oladi», – deb qo‘shimcha qildi murabbiy.

O‘tgan mavsumda Adeyemi dortmundlik «Borussiya» safida o‘ynab, 39 uchrashuvda 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning «Barselona»ga transferi kataloniyaliklarga 22 million yevroga tushdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q