Flik “Atletiko”ga qarshi o‘yin oldidan 0:4 hisobini esladi

  • 04.04.2026 01:03
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

“Barselona” bosh murabbiyi Khansi Flik jamoaning “Atletiko”ga qarshi bo‘lajak o‘yini haqida fikr bildirdi.Mutaxassis raqibning kuchli ekanini ta’kidladi:

“Bu La Liga va Evropadagi eng kuchli jamoalardan biriga qarshi o‘yin. Ularda sifat juda yuqori va har qanday futbolchi o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin.”

Shu bilan birga, u avvalgi mag‘lubiyatdan xulosa chiqarish kerakligini aytdi:

“O‘tgan safar ular maydonida o‘ynaganimizda ko‘p xato qilgandik. Bu safar bunday xatolarga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak.”

Flik jamoaning tayyorgarligidan mamnun ekanini ham qo‘shimcha qildi:

“Bugungi mashg‘ulotlar menga yoqdi. Oldimizda juda muhim ikki oy turibdi.”

Ma’lumot uchun, kataloniyaliklar avvalroq Ispaniya kubogi doirasida "matraschilar" maydonida 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!