Flik PSJdan uchralgan mag‘lubiyat sababini tushuntirdi
Bahona ham tayyor
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Chempionlar ligasida «PSJ»ga qarshi o‘yinda (2:4) qayd etilgan mag‘lubiyat bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
79-daqiqada Lamin Yamal hisobni tenglashtirdi va kataloniyaliklar umidni yana jonlantirgandek tuyuldi. Ammo o‘yin oxirida «PSJ» yana ikki bor gol urib, «blaugrana» uchun mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni qayd etdi.
«O‘yning katta qismida yaxshi himoyalandik, ammo so‘nggi 10–15 daqiqada futbolchilarning jismoniy holati yetarli darajada emasdi. Bu bahona emas, lekin o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun sharoitlarimiz ideal emasdi.
Juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik – bunday darajada bu qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Uchinchi gol epizodiga kelsak, Vitinyaning zarbasini to‘sishimiz shart edi. Xatolar juda ko‘p bo‘ldi. Shu bois «PSJ» g‘alaba qozondi», – deya Flikning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Shu tariqa Luis Enrique boshqaruvidagi jamoa guruh bosqichidagi uch o‘yindan so‘ng to‘qqiz ochko to‘pladi. «Barselona» esa olti ochko bilan qolmoqda.

Izohlar (0)