Flik Rafinyaning ramziy jamoaga kiritilmaganiga munosabat bildirdi
Braziliya terma jamoasi va "Barselona" a’zosi Rafinya FIFA talqiniga ko‘ra, 2025 yilning ramziy terma jamoasiga kiritilmadi. Ushbu holatga kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik izoh berdi.
"Bu shunchalik qiziqarli. Jamoada Rafinyaning yo‘qligini ko‘rganda ishonish qiyin bo‘ldi. U o‘yinga eng katta ta’sir ko‘rsatgan futbolchilardan biri edi. Rafinya Chempionlar ligasida eng ko‘p gol urgan va assistentlik qilgan futbolchi edi. Bu unga nisbatan adolatsizlik", – dedi Flik.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda braziliyalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 57 ta uchrashuvda maydonga tushib, 34 ta gol va 26 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Shuningdek, hujumchi Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari (13 ta gol) va eng yaxshi assistenti (8 ta uzatma) bo‘ldi. Kataloniyaliklar bilan birga u Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar