Flik: "Yamal "Chelsi"ga qarshi o‘yinni unutishi kerak"

  • 28.11.2025 21:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Lamin Yamalni "Chelsi"ga qarshi (0:3) o‘yindagi vaziyatga ortiqcha berilib qolmaslikka chaqirdi.

"Laminning kayfiyati yaxshi. Almashtirilgandan keyin ko‘plab futbolchilar norozi bo‘ladi. Men ham futbolchi bo‘lganman va ba’zan noto‘g‘ri reaktsiya qilgan paytlarim bo‘lgan — bu oddiy emotsiyalar.

Men Kukurelyani dunyodagi eng yaxshi chap himoyachilardan biri deb hisoblayman. Unga qarshi o‘ynash oson emas: u aqlli, to‘g‘ri joylashadi va yaxshi himoya qiladi.

Endi Lamin uchun muhim qadam — shu o‘yinga yopishib qolmaslik, uni unutib, oldinga qarash. Eng asosiysi — "Alaves"ga qarshi uchrashuv. U o‘sha o‘yinda o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishi kerak", — dedi Flik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!