Florentino Peres bir necha futbolchilardan qutulmoqchi

  • 31.01.2026 19:48
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Real" prezidenti Florentino Peresning fikricha, jamoaning bir qator futbolchilari ayni damda klub standartlariga javob bermaydi. Peres nazarida bu futbolchilar "Real" talab qilayotgan o'yin darajasini ko'rsatmayapti. Bu haqida The Touchline xabar bermoqda.

Gap aynan qaysi futbolchilar haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan. Shu bilan birga, manba bu guruhga ba'zi tajribali o'yinchilar ham kirishini ta'kidlaydi.

Agar yaqin orada ba'zi futbolchilar darajani ko'tarmasa, klub o'yin vaqtini qisqartirish va yozgi sotuvlar ko'rinishidagi qat'iy choralarni ko'rishi mumkin.

"Real" Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!