Florentino Peres katta strategik loyihaга tayyorlanmoqda. U taniqli murabbiy bilan kelishuvga erishgan

  • 25.02.2026 19:43
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubida Alvaro Arbelоaning murabbiylik faoliyati ma'lum bo‘ldi. FutDestrangis xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis mavsum yakunlangach, jamoa La Ligada g‘alaba qozonsa ham, o‘z lavozimida qolmaydi.

Klub rahbariyati bu haqida murabbiyni ogohlantirib bo‘lgan. Madridda Florentino Peres boshchiligida yangi strategik loyiha boshlanadi va unga boshqa murabbiy tayyorlanmoqda. Asosiy nomzod Yurgen Klopp bo‘lib, u bilan yangi mavsumdan boshlab hamkorlik qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgan.

"Real"dagilarning fikricha, Arbeloa hali jamoani qayta qurish va klubni rivojlantirish bo‘yicha ulkan rejani amalga oshirishga tayyor emas. Ammo Kloppni “qirollik klubi” uchun ideal nomzod sifatida ko‘rishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!