Florentino Peresni bir futbolchi lol qoldirdi
"Manchester Siti" futbolchisi Jeremi Doku "Real"ga qarshi uchrashuvda ko‘rsatgan o‘yinni bilan "qirollik klubi" prizdenti Florentino Peresni lol qoldirgan.
"Fichajes" nashri bergan ma’lumotga qo‘ra, "qaymoranglilar" rahbari belgiyalik futbolchini yangi mavsumda jamoani kuchaytirishi mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda. "Manchester Siti" esa Dokuni sotishga shoshilmayapti. "Shaharliklar" faqatgina 100 million evrodan ortiq taklif bo‘lgan taqdirdagina transfer masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.
Jeremining "Transfermarkt" portalidagi narxi 65 million evroni tashkil etadi. Uning "Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga etadi.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli futbolchi joriy mavsum Gvardiola qo‘l ostida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol kiritgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar