Floyd Meyvezer katta sportga qaytishi mumkin

  • 22.09.2025 19:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Amerikalik afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer ko‘plab muxlislarni hayratda qoldirmoqchi. Aniqrog‘i, u Mayk Tayson bilan ko‘rgazmali jangdan so‘ng professional ringga qaytishi mumkin.

“Hamma narsa yaxshi ketmoqda. O‘zimni ajoyib his qilyapman. Har kuni tinmay shug‘ullanyapman. Ehtimol, 2026 yilda katta sportga qaytishim mumkin”, — deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "TMZ Sports".

Eslatib o‘tamiz, Floydning professional rekordi 50-0 ni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!