Formula-1. Jahon chempionlari yangi bolidni taqdim etishdi
"Maklaren" jamoasi onlayn taqdimot o‘tkazdi va 2026-yilgi Formula-1 mavsumi uchun MCL40 bolidining dizaynini taqdim etdi.
2026 yilgi mavsumda "Maklaren" konstruktorlar kubogida, Lando Norris esa yakkalik bahslarida chempionlik unvonini himoya qiladi. Norrisning sherigi ketma-ket to‘rtinchi mavsum Oskar Piastri bo‘ladi.
Yangi texnik reglament doirasida jamoa motorlari bo‘yicha "Mersedes" mijozı bo‘lib qoladi. Avvalroq "Maklaren" mavsum boshida katta yangilanishlarni amalga oshirishni rejalashtirmayotganini, birinchi navbatda qaysi kontseptsiya eng kuchli bo‘lishini baholashni ma’qul ko‘rishini ma’lum qilgandi.
Formula-1ning rasmiy mavsumoldi sinovlari Bahraynda 11-13 va 18-20 fevral kunlari, mavsumning birinchi Gran-prisi esa 6-8 mart kunlari Avstraliyada bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar