
“Formula 1”. Kanada Grand-Prisidan keyin kim qaysi o‘rinda?
Haydovchilar o‘rtasidagi jadvalda hali ham Maks Verstappen liderlik qilmoqda. Sharl Lekler 138 ochko bilan 2 o‘rinni egallab turibdi. Biroq, Lekler Kanadada ochko ishlamagani uchun Lando Norris monakolik bilan oradagi farqni 7 taga qisqartirdi.
To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlardagi Sayns va Perez poygadan chiqib ketishganliklari uchun ular o‘z joylarida qolishdi. Esteban Okon bo‘lsa masumdagi ilk ochkolarga ega bo‘ldi.
Jamoalar o‘rtasida “Red Bull” 301 ochko bilan etakchi , “Maklaren” “Ferrari”ga borgan sari yaqinlashmoqda. “Alpin”ning ikkkala haydovchisi ochko olib kelgani uchun, fransuzlar “Uilyams”dan o‘tib ketishdi.
Fikrlar