Asosiy mazmunga oʻtish

Avto/Moto

Formula 1. Kelayotgan dam olish kunlari mavsumning eng qiyin poygalaridan biri bo‘lib o‘tadi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Poyga taqvimi bilan tanishing

"Qirollik poygalari"ning joriy 2025 yilgi mavsumdagi 18-poygasi Singapurda bo‘lib o‘tadi. Gran-pri 3 oktyabrdan 5 oktyabr oralig‘ida o‘tkaziladi. 

3 oktyabr. Juma

Birinchi erkin amaliyot - 14:30
Ikkinchi erkin amaliyot - 18:00

4 oktyabr. Shanba

Uchinchi erkin amaliyot - 12:30
Saralash - 18:00

5 oktyabr. Yakshanba

Poyga - 17:00

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi Singapur Gran-prisida "Maklaren" poygachisi Lando Norris g‘alaba qozongan edi. Marraga ikkinchi bo‘lib, amaldagi jahon chempioni Maks Verstappen ("Red Bull") va uchinchi esa, Oskar Piastri ("Maklaren") etib kelishgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Singapurdagi "Marina Bey" trassasi taqvimning eng qiyinlaridan biri hisoblanadi. Poygalar tunda o‘tkazilishiga qaramasdan nam va issiq havo haydovchilarning tanasi bug‘lanishiga sabab bo‘ladi, buning natijasida ular bir yarim soat davomida 3-4 kilogram vazn yo‘qotishadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q