
Franchesko Totti: "Chempionlikka da’vogar klublar ko‘p emas"
Franchesko Totti A Seriyaning bu mavsum chempionligi uchun asosiy da’vogarlarning nomini aytdi. "Roma"ning sobiq hujumchisi "Napoli"ning joriy mavsumdagi natijalaridan ajablanmasligini ta’kidlab aytdi.
"Avvalo shuni aytishim kerakki, Antonio Konte bosh murabbiy bo‘lgan jamoa doimo yuqori ambitsiyalarga ega bo‘lib keladi. Janob Konte avvalo yaxshi fazilatlari ko‘p bo‘lgan ajoyib inson hisoblanadi. Murabbiylikda ham uni ancha baland saviyali inson deb atash mumkin.
Aytishim kerakki, joriy mavsum skudetto uchun asosiy favorit aynan neapol jamoasidir", - dedi Franchesko Totti
Fikrlar