
Frantsiya chempionatining joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi
Frantsiya professional futbolchilar uyushmasi mamlakat chempionatining joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi yosh futbolchisi mukofotiga nomzodlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra Xatem Ben-Arfa ("Renn"), Neymar, Anxel Di Mariya, Kilian Mbappe (barchasi - PSJ) va Nikolya Pepe ("Lill") eng yaxshi futbolchi nomiga da’vogarlik qilmoqda.
Eng yaxshi yosh futbolchi nomiga esa Ussam Auar ("Lion"), Kilian Mbappe (PSJ), Jonatan Ikone ("Lill"), Ismail Sarr ("Lill") va Bubakar Kamaralar ("Marsel") da’vogarlik qilishmoqda.
Fikrlar