Frantsiyada kaltak egan futbolchilar klubdan ketadigan bo‘ldi
“Nitstsa” o‘yinchilari Jeremi Boga va Teremas Moffi bo‘lib o‘tgan noxush voqeadan keyin Frantsiya klubini tark etish istagini bildirdi. Futbolchilar bu qarorni jamoa muxlislari tomonidan agressiv harakatlarga uchragan voqeadan so‘ng qabul qildi.
Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.
Voqea “Nitstsa”ning safar uchrashuvida “Loryan”dan 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng sodir bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, klub bazasiga 400 ga yaqin muxlis etib kelgan. Dastlab, fanatlar guruhi bosh murabbiy Frank Eyzning iste’fosini talab qilgan. Keyinchalik vaziyat keskinlashgan, agressiya o‘yinchilarga qaratilgan.
Manbalarga ko‘ra, o‘nlab muxlislar Moffi va Bogaga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgan. O‘yinchilar tepkilangan, yuzlariga urilgan. Afrikalik legionerlar hujum qilganlar tomonidan irqchilik haqoratlariga ham duchor bo‘lgan.
Nice-Matin va RMC Sport nashrlari sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng Jeremi Boga va Teremas Moffining “Nitstsa”dagi faoliyatini davom ettirishni istamayotganini tasdiqlamoqda.
Teremas Moffi va Jeremi Boga ikki-uch yildan beri Frantsiya jamoasida o‘ynab kelayotgan edi.
Fikrlar