Frantsiyada zo‘r vunderkind paydo bo‘ldi. Uni 10 ga yaqin jamoa talashyapti
Frantsiya chempionati iqtidorlarga boy. “Nant” safida o‘ynayotgan 17 yoshli markaziy himoyachi Tilel Tati Evropaning bir necha katta klublari nazariga tushdi.
Caught Offside nashrining yozishicha, bu futbolchilarning o‘yinini tahlil qilish uchun Angliyaning sakkiz klubi, xususan, “Manchester Yunayted”, “Arsenal”, “Tottenxem”, “Liverpul”, “Brayton”, “Brentford” va “Aston Villa” rahbariyati “Nant” ishtirokidagi uchrashuvlarga o‘z skautlarini yuborgani ma’lum bo‘ldi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, frantsiyalik vunderkind uchun kurashga Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” ham qo‘shildi.
Tilel Tatiga bo‘layotgan katta qiziqishga qaramay, “Nant” o‘z o‘yinchisi bilan xayrlashishga shoshilmayapti.
Klub bilan 2028 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega bo‘lgan Tilel Tati Transfermarkt portali tomonidan 6 million evroga baholanmoqda. Biroq tez orada bu summa bir necha baravar oshishi kutilyapti.
Fikrlar