Frantsuz klubi transfer rekordini yangiladi
Frantsiya chempionatida ishtirok etuvchi "Renn" klubi yangi futbolchi transferini e’lon qildi.
"Anderlext" futbolchisi Jeremi Doku faoliyatini Frantsiyada davom ettiradi. Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar 5 yillik shartnomaga imzo chekkan. Belgiyalik hujumchi uchun "Renn" 26 mln evrodan voz kechgan va bu klub tarixidagi rekord summa hisoblanadi.
18 yoshli Doku bu mavsum Belgiya chempionatida 7 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 gol va 4 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar