"Freestyle Chess-2025". Karauna Gukeshni yutgan holda keyingi bosqichga yo‘l oldi

  • 10.02.2025 19:13
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat

Xabaringiz bor, bugun Germaniyaning Vaysenxaus shahrida "Freestyle Chess-2025" turniri bo‘lib o‘tmoqda. 

Fabiano Karuana - "2025 Freestyle Chess" musobaqasining birinchi yarim finalchisiga aylandi. Amerikalik sportchi jahon chempioni Gukesh Dommaradju mag‘lub etgan holda keyingi bosqichga yo‘l oldi. 

Eslatib o‘tamiz, mukofot jamg‘armasi 750 ming dollarni tashkil qiluvchi turnir 17 fevralga qadar bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!