Frensis Ngannu-Siril Gan jangida kim g‘alaba qozonadi? O‘zbekiston yakkakurash olami vakillari javob berdi

  • 18 yanvar, 2022, 11:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

"3 yanvar kuni UFC olamida super to‘qnashuv ro‘y beradi. Ya’ni, og‘ir vazn toifasi chempioni Frensis Ngannu divizionning porloq jangchisi Siril Gandan o‘z titulini himoya qiladi. Albatta, ushbu to‘qnashuv barchada katta qiziqish uyg‘otmoqda. Shuningdek, ushbu jang borasida turli xil taxminlar bildirilyapti. 

Tecno

Biz ham an’anaga muvofiq mazkur qarama-qarshilik borasida yurtimiz yakkakurash olami vakillarining fikr va mulohazalariga quloq tutdik.

Mahmudjon Jabborov - bloger

- Frensis Ngannu - Siril Gan jangi bizga ko‘p narsalarni va’da qilmoqda. Usluban ikkita qutb vakillari to‘qnashuvi nafaqat oddiy bahs, balki, printsipialllik nuqtai nazaridan ham avjiga chiqishga ulgurgan olishuv. Gan dovul kabi UFC ga kirib kelish orqali barchaga yangi versiyadagi og‘ir vazn jangchisi modelini namoyish qildi.

O‘rta vazn jangchisi kabi futvork, og‘ir vazndagilar uchun uncha hush kelmaydigan tayming, yuqori darajadagi IQ‘ni bu divizionning boshqa jangchilarida aslo uchratmaysiz. Ammo, uning qarshisida ajalovar zarba egasi, tegsa uxlatadiganlar xilidan bo‘lgan eski tanishi Frensis Ngannu turibdi. Men o‘z taxminimga yuzlansam, bu jangda Frensis Ngannu dastlabki raundlarda Siril Ganni nokautga uchratsa kerak.

Chunki, tajriba, zarba kuchi bu kabi tarixiy janglarda birinchi planga chiqib qolganini ko‘p kuzatganmiz. Shuningdek, gonorar masalasida rahbariyat bilan kelisha olmayotgan Ngannu uchun bu jang aslida ko‘p narsalarni isbotlovchi so‘nggi jang bo‘lishi mumkin. U esa oktagon atalmish sahnada o‘zining eng oxirgi va eng yaxshi raqsini ijro etishga majbur.

maxmudjon

Zarruh Adashev - UFC jangchisi

- Bu jang juda qiziq o‘tishi aniq. Nazarimda Gan ushbu to‘qnashuvda g‘olib chiqadi. Ngannu ikki raund juda xavfli bo‘ladi. Biroq, undan so‘ng, Gan unga imkoniyat bermaydi. Chunki u og‘ir vazn toifasi uchun juda tezkor hisoblanadi va texnikasi ham juda yuqori. Ngannu tempni ushlay olmaydi. Gan aqlli jangchi va yuqoridagi omillar tufayli, mazkur to‘qnashuvni o‘z foydasiga hal qiladi, degan fikrdaman.

Zarrux_1

Farruh Madaminov - murabbiy

- Vazn toifasining eng kuchli jangchilarining to‘qnashuviga guvoh bo‘lamiz. Aslida, Ganga muxlislik qilaman. Uning kurashi ham yaxshi, texnikasi ajoyib ko‘rinish olgan. Biroq, Ngannuda juda kuchli zarba bor. Agar, Gan dastlabki raundlarda Ngannuning kuchli bosimiga losh bera olsa, qolgan raundlarda imkoniyat bermaydi. O‘ylaymanki, Gan ushbu jangda g‘alaba qozonadi. 

farrux madaminov

 Mavlonbek Qahhorov - muaytay ustasi

- To‘g‘risi, Ngannuga muxlislik qilmoqdaman. Lekin raqib anoyi emas. Aytish mumkin bo‘lsa, Ngannu uchun eng kuchli raqib! Ular avval birga mashg‘ulotlar o‘tashgan, sparringlarda ishtirok etgan. Ngannuni kuchli jihatini biladi. O‘z o‘rnida Ngannu ham Ganning xavfli jihatlaridan xabari bor. Shundan kelib chiqib, Ngannu jangni nazorat qiladi va kuchli qo‘l zarbalari evaziga raqibini taslim etadi, degan o‘ydaman. 

mavlonbek

Mashrabjon Ro‘ziboev -MMA jangchisi

- Bu qarama-qarshilikda Frensis Ngannuni imkoniyatini yuqori baholagan bo‘lardim. Sababi, u jang boshlanishi bilan kuchli bosim uyushtirgan holda, kuchli zarbalari evaziga jang taqdirini hal qilsa kerak. Chunki, unda tug‘ma iste’dod bor va Gan uning bosimiga dosh bera olmasa kerak. Endi, bu bir tahmin xolos. Barchasi oktagonda hal bo‘ladi. 

mashrabjon1

Navro‘z Ataqulov - murabbiy

- Kamerunlik Frensis Ngannu haqiqiy qora mehnatdan chiqqan jangchi hisoblanadi. U faqat hujumda harakat qiladi. "Stoyka" jangchisi... Uning himoyasi ham hujum sanaladi. Qolaversa, juda qattiq va kuchli zarbaga ega. Shuningdek, chekinish degan tushuncha hayoliga ham kelmaydi. Matonatli va chidamli jangchi. Ushbu omillar Ngannuning imkoniyatini yuqori ekanligini ko‘rsatadi. 

navruz

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!