Futbol qiroli kasalxonadan chiqdi

  • 1 oktabr, 2021, 11:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele kasalxonadan chiqdi. Bu haqda uning o‘zi instagramdagi sahifasida e’lon qildi.

Tecno

"Men uyga qaytganimdan juda xursandman. Albert Eynshteyn kasalxonasining butun jamoasiga minnatdorlik bildirmoqchiman. Ular insonparvarlik va samimiy harakatlari tufayli mening omon qolishimni ta’minladilar. Juda ko‘p xabarlar yuborib, mening hayotim haqida qayg‘urgan barchaga rahmat", - dedi Pele.

Sentyabr oyining boshida 80 yoshli braziliyalik futbolchi yo‘g‘on ichakdagi o‘smani olib tashlash uchun operatsiya qilingan edi. Keyinchalik oradan bir necha kun o‘tib, u yana kasalxonaga yotqizildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!