
Futbol tarixida bu ishni faqat Gvardiola uddalagan
“Manchester Siti” joriy mavsumni muvaffaqiyatli yakunladi. “Shaharliklar” uch musobaqa – Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Chempionlar ligasida zafar quchib, trebl qayd etdi.
Bu natija orqali jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola futbol tarixiga kirdi. Ispaniyalik mutaxassis ikkita jamoa bilan treblga erishgan yagona murabbiy hisoblanadi.
Gvardiola birinchi marta treblni “Barselona” bilan qayd etgan. 2008/2009 yilgi mavsumda kataloniyaliklarni uchta musobaqa g‘olibiga aylantirgan.
Umuman olganda, bir mavsum uchtadan turnirda zafar quchgan murabbiylar bor. Xususan, turli yillarda Jok Steyn (“Seltik”), Shtefan Kovach (“Ayaks”), Gus Xiddink (PSV), Aleks Fergyuson (“Manchester Yunayted”), Joze Mourinyu (“Inter”), Yupp Xaynkes (“Bavariya”), Luis Enrike (“Barselona”) va Xans Diter Flik (“Bavariya”) treblga erishgan. Faqat bu murabbiylar atigi bir marta bu ishni uddalagan xolos.
Fikrlar