Futbol tarixidagi eng zo‘r futbolchi nomi e’lon qilindi

  • 11 oktabr, 2022, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FourFourTwo nashri jahon futboldagi eng zo‘r o‘yinchilar reytingini e’lon qildi. Jurnalistlar tanlovidan o‘tmishda o‘zini ko‘rsata olgan charm to‘p ustalari qatori ayni paytda ham to‘p tepayotgan ijrochilar o‘rin oldi.

Xususan, nufuzli nashr vakillari jahon futbolidagi eng zo‘r o‘yinchi sifatida Lionel Messini e’tirof etdi.

Kuchli uchlikka Diego Maradona va Krishtianu Ronaldu ham kiritildi.

Eng zo‘r futbolchilar o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

  1. Lionel Messi (Argentina);
  2. Diego Maradona (Argentina);
  3. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya);
  4. Pele (Braziliya);
  5. Zinedin Zidan (Frantsiya);
  6. Yoxan Kruiff (Niderlandiya);
  7. Jorj Best (Shimoliy Irlandiya);
  8. Frants Bekkenbauer (Germaniya);
  9. Ferents Pushkash (Vengriya);
  10. Ronaldo (Braziliya).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!