
"Futbol TV" telekanali "Adrenaline Online Cyber Cup" turnirini jonli efirda ko‘rsatadi
"IT Park MITC" ko‘magida "Adrenaline" bilan hamkorlikda "Counter-Strike: Global Offensiv" va "FIFA 20" bo‘yicha "Adrenaline Online Cyber Cup" turnirini tashkil qilinayotgani borasida xabar bergan edik.
Bugundan boshlab "Futbol TV" telekanali ushbu musobaqani jonli efirda namoyish etishni boshlaydi. Telekanalning e’lon qilgan 17 aprel kungi dasturlar ro‘yxatida soat 17:00 dan boshlab "Adrenaline Online Cyber Cup" turniri bellashuvlari efirga berilishini ko‘rish mumkin.
Fikrlar