Futbolchi ham buncha olmaydi! Infantino o‘zining maoshini 30 million dollargacha oshirmoqchi bo‘ldi

  • 03.08.2026 14:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino o‘zining yillik maoshini 30 million dollargacha oshirishni rejalashtirib, harakat qilgani oshkor bo‘ldi.

The Times nashrining xabar berishicha, bu FIFA Forward Enterprise loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda ro‘y berishi kerak edi. Shuningdek, Infantino ushbu tashkilotga rahbarlik qilgani uchun qo‘shimcha bonuslar ham olishni rejalashtirgan.

Rejaga ko‘ra, yangi tuzilma FIFAning tijorat faoliyati hamda turnirlarni tashkil etish ishlarini yagona tizimga birlashtirishi lozim edi. Biroq ushbu tashabbus futbol amaldorlari, milliy federatsiyalar va boshqa sohaviy tashkilotlar tomonidan qattiq tanqidga uchradi.

Jurnalist Romen Molinaning ma’lum qilishicha, tashkilot ichidagi qo‘llab-quvvatlovni yo‘qotgani sababli Infantinonning iste’foga chiqishi ehtimoli ham muhokama qilingan.

Natijada FIFA prezidenti jahon chempionati huquqlarining bir qismini xususiy investorlar sotishga oid loyihadan voz kechdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!