Futbolchidan tarsaki egan bosh murabbiy shogirdini do‘pposladi
Armanistonda g‘alati voqea yuz berdi. “Pyunik” bosh murabbiyi Egishe Melikyan rossiyalik hujumchi Anton Kobyalkoni aeroportda do‘pposladi.
Ustoz va shogird munosabatlari “Ararat-Armeniya”ga qarshi uchrashuvda buzildi. Klub legionerning shartnomasini muddatidan oldin bekor qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Anton jamoa bilan xayrlashish uchun klub bazasiga kelgan. Keyin bosh murabbiy Melikyanga uchrab, o‘yinda uni so‘kkani uchun kechirim so‘ragan. Murabbiy Antonning uzrini qabul qilmagach, futbolchi uning yuziga tarsaki tortib yubordi va bazadan qochib, aeroportga ketdi.
Egishe Melikyan klub bosh direktori o‘rinbosari Kim Arakelyan bilan birga aeroportga etib kelib, Antonni tutib oldi va hammaning ko‘z o‘ngida erga yotqizib, do‘pposladi. Kaltak egan futbolchi politsiyaga arz qilishdan bosh tortdi va yurtiga uchib ketdi.

Fikrlar