Futbolchiga rekord darajada maosh beriladi
Angliya Premer-ligasida peshqadamlik qilayotgan “Arsenal” klubi tez orada hujumkor futbolchisi Bukayo Saka bilan hamkorlik shartnomasini uzaytiradi.
Angliyalik o‘yinchi klubda 2031 yilning yarmigacha qoladigan bo‘lyapti.
Yangi shartnomaga ko‘ra, Bukayo Sakaning haftalik maoshi 300 ming evro miqdorida belgiladi va u kdub tarixida bu qadar katta mablag‘ oladigan birinchi futbolchi sifatida rekord o‘rnatadi.
Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
“Arsenal” akademiyasi tarbiyalanuvchisi klubning asosiy jamoasi safida 284 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 77 ta gol va 74 ta golli uzatma qayd etgan.
Nufuzli Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Bukayo Sakaning bugungi kundagi transfer bozoridagi qiymati 130 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar