"Futures Cup" turniri. Bugun 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdik, 8 nafar bokschimiz esa finalda!
Xabaringiz bor, Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida "Futures Cup" xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun musobaqaning yarim final bahslari o‘tkazildi. Kun davomida 10 nafar bokschilarimizning jangiga guvoh bo‘ldik.
Dastlabki yarim finalda, Rushanabonu Isoyeva -60 kg vaznda xitoylik Jiaen Vangni uchinchi raundda texnik nokautga uchratdi.
Samira Turg‘unova -75 kg vaznda AQSh vakilasi Ariana Chavezdаn 4:1 hisobida ustun keldi.
-80 kg vaznda o‘tkazilgan yarim finalda, Asaloy Baxtiyorova senegallik Mairame Sovni ikkinchi raundda texnik nokaut qildi.
+80 kg vaznda Nilufarxon Abduhoshimova Samoa vakili Kealey Perezgа 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
-50 kg vaznda Abdugani Yorqinjonov hindistonlik Ambekar Meeteidаn 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
-90 kg vazndagi yarim finalda, Asadbek Sultonboev turkmanistonlik Soyunali Ovezgeldievni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratdi.
Sardorbek Bahromxo‘jaev -85 kg vazndagi yarim finalda, gruziyalik Zurab Oboladzeni 4:0 hisobida yengdi.
Nazokat Mardonova ham finalda! Bokschimiz -51 kg vaznda xitoylik Ju Janga imkon qoldirmadi – 5:0.
Sevara Mamatova ikkinchi bahsini ikkinchi raundda yakunladi. U -65 kg dagi final yo‘lida italyalik Amelia Zamanani taslim etdi.
Bugungi so‘nggi yarim final bahsida - 75 kg vazndagi bokschimiz Suhrob Rahmatullaev, Yangi Zelandiya vakili Georgiy Bitievdan 5:0 hisobida ustun keldi.
Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar