Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

"Futures Cup" turniri. Bugun 5 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Xabaringiz bor, Bangkokda boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Xabaringiz bor, Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida "Futures Cup" xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu turnirda ikki terma jamoamiz ham ishtirok etyapti. 

Bugungi dasturdan 5 nafar hamyurtimizning janglari o‘rin olgan.

-55 kg: Bekzod Ismoiljonov - Ruben Nagles (Kolumbiya).

-70 kg: Saidxo‘ja Sadillahxo‘jaev - Ian Berthomier (Paragvay).

-50 kg: Abduğani Yorqinjonov - Imad Bouraouia (Italiya).

-60 kg: Bobomurod Boymirzaev - Dosjan Jumahan (Qozog‘iston).

-65 kg: Ibrohim Shokirjonov - Nattajakapan Ditpoo (Tailand).

Bahslar Toshkent vaqti bilan, birinchi dastur 09:00 da ikkinchi dastur 15:00 da start oladi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q