Futzal bo‘yicha "BMB CUP" musobaqasida eng kuchlilar taqdirlandi

  • 20 iyul, 2024, 19:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Mini-futbol
CHERY AUTO
Joriy yilning 20 iyul kuni Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish institutining sport majmuasida BMB HOLDING  tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy BMB CUP musobaqasi uchinchi mavsumi yakuniga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Futzal bo‘yicha mazkur musobaqa “O‘zbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-sonli Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda mamlakatimizda jismoniy tarbiya 
va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, futzalni yanada rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb qilish orqali iste’dodlarni kashf qilish  maqsadida tashkil etildi. 
Futzal bo‘yicha an’anaviy “BMB CUP” musobaqasi havaskorlar o‘rtasida 2023 yilning noyabr oyidan 2024 yilning iyuliga qadar, qariiyb 8 oy davomida o‘tkazildi. Musobaqada 40 dan ortiq jamoalar ishtirok etish istagini bildirdi. Avvaliga saralash musobaqasi tashkil qilinib, ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 13 jamoa asosiy musobaqada ishtirok etdi. Musobaqaning asosiy bosqichida ishtirok etgan jamoalar jami 
26 turda 156 ta uchrashuv o‘tkazdi.
Ahamiyatli tomoni shundaki musobaqa bo‘yicha belgilangan tartibga ko‘ra, har bir jamoada 3 tadan yosh futbolchi bo‘lishi majburiy bo‘lib, ulardan biri  jamoa tarkibida maydonda xarakat qilishi  lozim. Bu futzalni  yoshlar orasida yanada ommalashishiga va yanada yuksak cho‘qqilarga olib chiqilishga turtki bo‘lmoqda. Mamlakatimiz yoshlar terma jamoasini asosini mazkur musobaqada ishtirok etayotgan yosh futzalchilar tashkil qilayotgani albatta quvonarli hol bo‘lib, bu yutuq musobaqa ishtirokchilari tomonidan alohida ta’kidlandi. 
Musobaqa davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali uchrashuvlar videotranslyatsiyasi muntazam ravishda uzatilib, instagramm, feysbuk va bir nechta telegramm kanallar orqali musobaqa natijalari, to‘purar futzalchilar va boshqa statistik ma’lumotlar, musobaqaning eng chiroyli gollari videolavhasi havola etib borildi.
Musobaqaning so‘nggi o‘yini yakuniga etgach, g‘oliblar taqdirlandi.   Futzal bo‘yicha BMB CUP musobaqasi g‘olibi Kubogi, oltin medallar bilan “O’zsanoatqurilishbank” jamoasi taqdirlandi, ikkinchi o‘rin va kumush medallar “BMB” jamoasiga, uchinchi o‘rin va bronza medallari esa “Poytaxt” jamoasiga nasib etdi. 
   Shuningdek, “Fair Play” nominatsiyasi, musobaqaning eng intizomli jamoasi, “Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni”, “Eng yaxshi yosh o‘yinchi”, “Musobaqa to‘purari”, “Musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi” kabi nominatsiyasi g‘oliblari ham pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 
Tadbir davomida “VIA Marokanda” guruhi va Kaniza ijrosidagi musiqiy chiqishlar musobaqa g‘oliblari va sport ixlosmandlari uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi.  
 
Quyida ushbu turnirdan fotosuratlarni tomosha qiling. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!