
Futzal bo‘yicha terma jamoamiz Qozog‘istonga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazadi
O‘zbekiston futzal terma jamoasi tez orada Qozog‘istonga jo‘nab ketadi. Chunki u erda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotini o‘tkazishi doirasida Qozog‘iston futzal terma jamoasi bilan ikkita o‘rtoqlik o‘yin tashkillashtirilishi ham rejalashtirib qo‘yilgan.
O‘FA matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur bellashuvlar 14 va 15 dekabr kunlariga mo‘ljallangan. Shu sababdan O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov futzalchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini e’lon qildi. Unda 14 nafar futzalchi o‘rin olgan.
Fikrlar