Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi safida o‘zgarish bo‘ldi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Termamiz etakchilaridan biri jarohat oldi

Bir necha kun avval O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes tomonidan noyabr oyidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini va Yaponiya futzal terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlariga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilingan edi. 

Mazkur yig‘in uchun terma jamoaga chaqiruv olgan Davron Choriev jarohati sababli yig‘inda ishtirok etolmasligi ma’lum bo‘ldi.

Uning o‘rniga jamoaga “Metallurg” futzalchisi Asli Muhammadiev jalb etildi.

tsm

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q