Futzal. Yevro-2026 ning g‘olib va sovrindorlari ma'lum
Latviya, Litva hamda Sloveniya’da bo‘lib o‘tgan futzal bo‘yicha Yevropa chempionati bahslari o‘z yakuniga yetdi. Bugun turnirning final va bronza medali uchun uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, 3-o‘rin uchun bo‘lib o‘tgan bahsda Xorvatiya va Frantsiya terma jamoalari kuch sinashdi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida g‘olib nomi aniqlanmadi 5:5. Penaltilar seriyasida esa xorvatlar 6:5 hisobida g‘alaba qozonib, bronza medallarini qo‘lga kiritdi. 
Tunda esa chempionlik uchun Portugaliya va Ispaniya futzalchilari parketga chiqdi. Ushbu bahs ham teng kurashlar ostida o‘tdi. Birinchi bo‘limni ispanlar 3:2 hisobidagi ustunlik bilan yakunladi. Ikkinchi bo‘limda esa portugalilar muvozanatni tikladi 3:3. Biroq 35-daqiqada yana Ispaniya gol urib hisobda oldinga chiqib oldi. So‘ngi soniyalarda esa ispanlar 2 ta gol urib, o‘yinga nuqta qo‘ydi 6:3. O‘yin yakunigacha hisob boshqa o‘zgarmadi va Ispaniya Yevropa chempionligini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar