Futzal Osiyo kubogi. Soʻnggi yarim finalchi nomi ham maʼlum
Indoneziyada boʻlib oʻtayotgan Osiyo kubogining soʻnggi chorak final uchrashuvi yakuniga edi. Kunning oxirgi bahsida mezbon Indoneziya terma jamoasi Vyetnam bilan parketga chiqdi. Uchrashuvda mezbonlar birinchi boʻlimning oʻzida 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandi, ikkinchi boʻlimda Vyetnam oradagi farqni bittaga qisqartirdi. Biroq Indoneziya yana gol urib hisobni 3:1 koʻrinishiga yetkazdi. Vyetnam gol urib yana hisobni qisqartirdi. Ammo hisobni tenglashtirishga vaqt yetmadi va Indoneziya yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Shu tariqa, Indoneziya final yoʻlida Yaponiya bilan bahs olib boradi.
Fikrlar