Futzal. Ravshan Eliboevning jamoasi “Qayrat” bilan durang o‘ynadi

BEPUL PROPAN

Bugun Qozog‘iston chempionatida 15-tur o‘yinlari start oldi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi darvozaboni Ravshan Eliboev faoliyat olib boradigan “Kaspiy” jamoasi mamlakatning 18 karra chempioni – “Qayrat”ga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi – 1:1. Eliboev bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va ko‘plab seyvlarni amalga oshirdi. Bugungi durangdan so‘ng “Kaspiy” hisobidagi ochkolar soni 26 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘rinni saqlab qoldi.

Ertaga Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da “Qayrat”ga qarshi ikkinchi o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Qozog‘iston chempionati. 15-tur. Birinchi o‘yin

“Qayrat” – “Kaspiy” 1:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!