
Futzal terma jamoamiz etakchisi Davron Choriev muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
Davron Choriev muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va BMB klubi futzalchisi dekabr oyi doirasidagi terma jamoa yig‘inida tizzasidan jarohat olgan edi. Choriev kuni kecha Toshkentda muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.
"Termamiz etakchilaridan biri hisoblangan Chorievga sog‘lik tilab qolamiz! Get well soon, Davron!", - deyiladi xabarda.
Fikrlar