
Fyodor Emelyanenkoning Kuinton Jeksonga qarshi jang sanasi ma’lum
29 dekabr kuni rossiyalik 43 yoshli Fyodor Emelyanenko Saitama (Yaponiya) shahrida bo‘lib o‘tadigan “Bellator” turnirida Quinton Jeksonga qarshi jang qiladi.
"Men Moskvada va “Staryy Oskol”da jangga tayyorgarlik ko‘raman. Ehtimol, gollandiyalik murabbiylarim va sparring sheriklarim ham kelishar”-dedi “So‘ngi Imperator”
Fyodor hisobida 38 g‘alaba va oltita mag‘lubiyat bor. So‘nggi marta Emelyanenko shu yilning yanvar oyida jang qilgan va birinchi raundda Rayan Baderga yutqazgan edi.
Fikrlar