Asosiy mazmunga oʻtish

Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Musobaqa 19 dekabr kuniga qadar davom etadi.

Termiz shahrida gandbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlandi.

Chempionat uchrashuvlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan saralangan jamoalar g‘oliblik uchun bahslashmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston gandbol federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan navbatdagi O‘zbekiston chempionati 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il hamda qizlar o‘rtasida jismoniy qobiliyat egalarini aniqlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan O‘zbekiston chempionati 19 dekabr kuniga qadar davom etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q