Gandbolchi qizlarimiz jahon chempionatiga yo‘llanma olishdi

CHERY AUTO

Hindistonning Jaypur shahrida gandbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida (U-18) Osiyo chempionati o‘z yakuniga etib bormoqda. Quvonarlisi, musobaqa O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun omadli yakunlanadigan bo‘ldi. Qizlarimiz musobaqada sovrinli o‘rinlardan birini qo‘lga kirita olmagan bo‘lsalar-da, yurtimizga jahon chempionati yo‘llanmasi bilan qaytib kelishadi, dem ma’lum qilmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi. 

Tecno

Turnir reglamentiga ko‘ra qit’a chempionatidagi eng kuchli 5 terma jamoa kelasi yili Frantsiyada o‘tadigan dunyo birinchiligida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Bugun Xitoy Taipeyi yoshlari bilan bahs olib borgan qizlarimiz 33:32 hisobida irodali g‘alabaga erishdilar. Ta’kidlash joiz, bu bilan gadbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi beshinchi marta jahon chempionatida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Эргаш Кушилов
29/08/2019 20:09
Malades qizlar