Gari Nevill: "Manchester Yunayted" eng yaxshi murabbiyni tanlashi kerak"
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Gari Nevill klub yangi bosh murabbiyni tanlashda eng yuqori darajadagi mutaxassisga eʼtibor qaratishi kerakligini taʼkidladi. Uning fikricha, Maykl Kerrikni doimiy ravishda tayinlashga shoshilmaslik lozim.
"Manchester Yunayted" tezroq yangi murabbiy izlashi kerak, chunki jamoa natijalari barqaror emas. Ammo Angliya terma jamoasi bilan Tomas Tuxel shartnomani uzaytirgani kabi omillar tanlov doirasini qisqartiradi va bu Kerrikning imkoniyatlariga ziyon qilmaydi. Agar u "Yunayted"ni Chempionlar ligasiga olib chiqsa, uni tayinlash atrofida katta qiziqish paydo bo‘ladi.
Men Kerrikka qarshi emasman, uni juda yaxshi ko‘raman. Lekin "Manchester Yunayted" mavjud eng yaxshi murabbiylar orasidan tanlov qilishi kerak. So‘nggi ikki tayinlov – yosh va tajribasi kam mutaxassislar edi. Ule-Gunnar Sulsher klubning sobiq futbolchisi sifatida kelgan, ammo bu ish bermadi. Shuning uchun to‘g‘ri qaror – xavfni minimallashtirish", – dedi Nevill "Yunayted"ning "Everton"ga qarshi o‘yini oldidan.
Fikrlar