Gari Nevill: MYu juda umidsiz ko‘rinmoqda

  • 08.09.2020 16:47
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

MYu afsonasi Gari Nevill klubning hozirgi holati haqida fikr bildirdi:

"Hamma singari "Yunayted" ham pandemiyadan zarar ko‘rdi. Demak, sokinlik sababi pandemiya oqibatlarida emas. Masalan, "Chelsi" istaganini qilmoqda. "Siti" ham kerakli futbolchilarni xarid qilishda doimgidek faol. Shunchaki, so‘nggi yillarda MYu juda umidsiz ko‘rinmoqda. Nega katta futbolchilar olib kelinmayotganligini tushunish mushkul.

Sancho bilan ham shunday tushunarsiz holat yuz berdi. Uzoq davom etgan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Qanday qilib, bir futbolchi atrofida shuncha vaqtni ketkazish mumkin? Uni tinch qo‘yinglar va boshqa o‘yinchiga e’tibor qarating! Atrofda ko‘plab futbolchilar bor. Jeydon sizlar uchun yagona variant bo‘lishi mumkin emas".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!