Gari Nevill: "MYu yaqin orada Amorimni ishdan bo‘shatishi mumkin"
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Gari Nevill jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorimning taqdiri borasida fikr bildirdi.
"U har bir o‘yinda himoyachilarni almashtirmoqda. Ham o‘yin, ham natijalar mutlaqo qabul qilib bo‘lmas darajada. Shuning uchun men juda, juda xavotirdaman.
Men murabbiy ishining qay darajada og‘irligini yaxshi bilaman va hech qachon televidenieda murabbiyni ishdan olish kerak, deb aytmasdim.
Biroq "Manchester Yunayted" rahbariyati iloji boricha tezroq o‘zgarishlar ko‘rishni xohlashiga shubham yo‘q", – dedi Nevill NBC bilan suhbatda.
Fikrlar