Germaniya Rossiya va Belarusni Evro-2024 musbaqasidan chetlatishni talab qildi

  • 17.09.2022 15:34
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 1
  • Futbol

Germaniya Ichki ishlar vazirligi UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin nomiga Rossiya va Belarus terma jamoalarini 2024-yilgi Evropa chempionati saralash turnirida ishtirok etishdan chetlashtirishni talab qilib, UEFAga maktub yo‘lladi.Bu haqda "Spiegel" nashri xabar bermoqda.

“Nafaqat Rossiya, balki asosiy ittifoqchi sifatida Belarus ham barcha xalqaro futbol musobaqalari va turnirlaridan chetlatilishi kerak. Barcha jinoyatchilar sport bilan shug‘ullanish, ta’sir o‘tkazish yoki boshqa yo‘l bilan o‘zini namoyon qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi kerak. Futbol o‘zining mas’uliyatli rolini oqlashi va inson huquqlari buzilishiga qarshi birdamlik pozitsiyasini namoyish qilishi kerak", - deyiladi maktubda.

Evropa chempionati 2024 yilning 14 iyunidan 14 iyuliga qadar Germaniyadagi 10 ta stadionda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
17/09/2022 19:54
Россия Белоруссия Европа чемпионат да катнашиши керак спортга урушга алокаси йук