Gʻiyosov: "Xitoyga qarshi oʻyin uchun tayyorgarlik yaxshi boʻlmoqda"
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubay shahrida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshladi. Fabio Kannavaro tomonidan yigʻinga jalb qilingan "Neftchi" klubi futbolchisi Xurshid Gʻiyosov OʻFA matbuot xizmatiga intervyu berdi.
"Ushbu yigʻinga chaqirilganimdan va terma jamoa safida oʻynash imkoniyatiga ega boʻlganimdan juda xursandman. Oʻzimni koʻrsatishga harakat qilaman. Mashgʻulotlar ajoyib tarzda oʻtmoqda. Toʻp bilan ishlash borasida koʻplab yangi narsalarni oʻrganyapmiz.
Xitoyga qarshi oʻyin uchun tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Xudo xohlasa, gʻalaba uchun maydonga tushamiz. Bu yilgi maqsadlarim — klub bilan chempionlikni qoʻlga kiritish hamda Jahon chempionatida ishtirok etish", — dedi Gʻiyosov.
Maʼlumot uchun, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xitoyga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Uchrashuv yopiq eshiklar ortida oʻtkaziladi.
Fikrlar