
Glory va RISE super turnir o‘tkazadi yoxud Anvar Boynazarovning sobiq raqibi yuz ming dollar yutishi mumkin!
Kuni kecha Glory va RISE promoushenlari 21 dekabr kuni qo‘shma turnir o‘tkazishini ma’lum qilishdi. Ushbu turnir doirasida yarim engil vazn toifasida Gran-pri ham o‘tkaziladi. Bugun har ikki tashkilotdan ushbu turnirning barcha ishtirokchilarini malum qilishdi.
Glory sharafini yarim engil vazn toifasida amaldagi chempion Petchpanomrung Kiatmukao va Migel Trindade, Abraham Vidales va Berjan Peposi himoya qiladi.
RISE jangchilari ro‘yxati esa quyidagicha: Kento Xaraguchi, Chadd Kollinz, Tayju Shiratori va Li Sung Xyun.
Bosh mukofot sohibi 100 000 dollar oladi.
Ma’lumot uchun, Glory ning yarim engil vazn toifasida amaldagi chempion Petchpanomrung Kiatmukao chempionlik jangida hamyurtimiz Anvar Boynazarovni ham ochkolarga ko‘ra mag‘lub etgandi.
Fikrlar